Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida sertifikatlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Milliy metrologiya institutining Qo‘qon filialida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallada kuzatuv kameralari o‘rnatish holati o‘rganildi
🎗 Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

📋 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida Shovot tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining 2025–2026-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.
👨‍⚕️ Hisobotda tumanda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, onkologik va onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash, skrining tadbirlarini tashkil etish hamda davolash sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
🔬 Shuningdek, skrining tekshiruvlari natijalari, aniqlangan bemor bolalarni ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish hamda profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
✅ Doimiy komissiya tomonidan:
🩺 tibbiy ko‘riklarni belgilangan reja asosida davom ettirish;
🔎 skrining tadbirlarini sifatli tashkil etish;
💊 bemor bolalarni o‘z vaqtida davolash muassasalariga yo‘naltirish;
📚 tibbiyot xodimlarining malakasini muntazam oshirib borish;
📢 aholi o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Yosh avlod salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlash va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash borasidagi ishlar doimiy nazoratda bo‘ladi.

Slide 1 of 3