Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida sertifikatlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Milliy metrologiya institutining Qo‘qon filialida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallada kuzatuv kameralari o‘rnatish holati o‘rganildi
"Shovot tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot bo‘yicha munosabatim:

"Ta’lim sifati va yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi – yurtimiz taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir. Sessiyada taqdim etilgan hisobotda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning malakasini yuksaltirish, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy etish, shuningdek, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar alohida e’tirof etildi. Eng muhimi, har bir ta’lim muassasasida yaratilayotgan sharoitlar farzandlarimizning sifatli bilim olishi va raqobatbardosh kadr bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilishi lozim. Biz deputatlar sifatida qabul qilingan qarorlarning ijrosi, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda ta’lim tizimida belgilangan vazifalarning to‘liq amalga oshirilishi ustidan doimiy deputatlik nazoratini olib boramiz. Chunki ta’limga qaratilgan har bir e’tibor – mamlakatimizning ertangi taraqqiyotiga qaratilgan eng muhim investitsiyadir."
deya deputat Shodonova Dilorom Qadamovna o‘z munosabatini bildirdi.