Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Hududdagi sug‘orish tizimi holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2-Tallashqon saylov okrugi deputati Jovliyev Ravshan hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid birgalikda Yuqori Xo‘jaqiya suv tortish inshooti faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida sug‘orish tizimining texnik holati, suv taqsimotining samaradorligi hamda hududdagi ekin maydonlarini suv bilan barqaror ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va irrigatsiya infratuzilmasini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ul mutaxassislarning axborotlari tinglandi.

Deputat tomonidan saylov okrugi aholisi va fermer xo‘jaliklari manfaatlarini ko‘zlagan holda sug‘orish tizimi faoliyatini yanada yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda masalalarni belgilangan tartibda nazoratga olish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4