Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov hamda
kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan xalq deputatlari Quva
tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov saylangan hudud -
Baynalminal mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisining faoliyati
o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning
bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash, “Yoshlar daftari” bilan ishlash, “Dolzarb 90 kun” dasturi
ijrosi, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli
yoshlarni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil
qilindi.


Shuningdek, uyushmagan yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb etish, ularning
muammolarini o‘rganish va manzilli hal etish, ta’lim, bandlik hamda
tadbirkorlikka oid imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan olib
borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ulga tegishli
tavsiyalar berildi. Aniqlangan
kamchiliklar "Deputatning ko‘cha aylanish daftari"ga kiritilib,
ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 6