Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat G. Xoliqulova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar ijrosini ta’minlash maqsadida deputat G. Xoliqulova tomonidan “Lolazor” mahallasi raisi hamkorligida yo‘llarni asfalt qilish bo‘yicha yo‘llangan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi ichki yo‘llarning hozirgi holati, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda transport harakatlanishi bilan bog‘liq mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mutasaddilar tomonidan asfalt yotqizish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy taklif va chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga zarur topshiriqlar berilib, murojaatni ijobiy hal etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

Slide 1 of 1