Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlar bilan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Pastdarg‘om tumanida mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni hamda Prezident Administratsiyasining topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda yoshlar bandligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Dastur doirasida yoshlarni sport, madaniyat, san’at, kitobxonlik, IT, tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha “Yozgi kasblar” to‘garaklari, “Ustoz–shogird” tizimi, “Yoshlar 1+1” dasturi, “Mini-biznes loyihalar” tanlovlari hamda biznes sayohatlari tashkil etilishi belgilangan.

Slide 1 of 1