Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla yettiligi faoliyati va daromad bazasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Do‘stmurodov tomonidan Mang‘itobod mahallasida mahalla yettiligining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla daromad bazasini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla tizimida mehnat va ijro intizomiga rioya etilishi, xodimlarning ishga o‘z vaqtida kelib-ketishi hamda xizmat vazifalarini bajarish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va tartib-intizomni yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mahallalarda samarali boshqaruvni ta’minlash, daromad bazasini mustahkamlash hamda ijro intizomini kuchaytirishga qaratilgan o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1