35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi chiqindi xizmatlari bilan bog‘liq muammo deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish masalalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Hunarmand faoliyati va davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlik faoliyati va davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilari oldida hisobot berdi
янв.21
Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash ishlari o‘rganildi
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S.Abduvaliyeva tomonidan Navro‘z mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, aholi bandligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va mulohazalar atroflicha tinglandi.
Deputat tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish, aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy loyihalar va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish va ularning ijrosini nazorat qilish belgilandi.

Slide 1 of 5