35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'rozimergan qabristonida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Shayxon qabristonida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonun — inson qadr-qimmatini ulug‘lovchi huquqiy asos
янв.21
Hududdagi elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun — tabiat va bioxilma-xillikni asrashning huquqiy asosi
янв.21
Deputat veterinariya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Hayvonlarni identifikatsiya qilish — chorvachilik xavfsizligi va samaradorligining muhim kafolati
Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudirining 10-iyun ish rejasi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati J.Otajonov tomonidan Tibbiyot birlashmasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, tibbiy xizmatlar sifatini yana-da yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish masalalari muhokama qilindi. Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etib, mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Deputat J. Otajonov tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilishi, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Shuningdek, aholi bilan doimiy muloqot olib borish, ularning manfaatlarini himoya qilish va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.
Uchrashuv konstruktiv va ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini yana-da kuchaytirish, aholi manfaatlarini ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 4