Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida sertifikatlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Milliy metrologiya institutining Qo‘qon filialida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallada kuzatuv kameralari o‘rnatish holati o‘rganildi
KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.

🏗 KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.

Samarqand viloyati Kengashining 32–So‘fi Olloyor saylov okrugidan saylangan deputati Raximova Feruza Shavkatovna, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Xakimov bilan hamkorlikda Ko‘hnadam mahallasida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi va unga tutash hududlarning holati o‘rganildi.

🔎O‘rganish jarayonida qurilish ishlari amaldagi shaharsozlik talablari, loyiha hujjatlari hamda hududdan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilish obyektlariga olib boruvchi yo‘llar, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar tahlil qilindi.

✅Nazorat davomida ayrim tadbirkorlar tomonidan yo‘l uchun ajratilgan hududlarning egallab olinib, ushbu maydonlarda noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy baho berish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2