Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida sertifikatlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Milliy metrologiya institutining Qo‘qon filialida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallada kuzatuv kameralari o‘rnatish holati o‘rganildi
Kotib

🏛 Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Shoanvar Shomaxmudov va Toshkent shahar Kengashi deputati Shomansur Sagdullayev tomonidan okruglaridagi “Sayram” mahallasi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda deputatlar 2026-yilning ikkinchi choragi davomida olib borgan deputatlik faoliyatlari yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdilar.

Uchrashuvda aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda xotin-qizlar faollari faoliyati atroflicha tahlil qilinib, olib boriladigan ishlar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘zaro muloqotlar jarayonida hududdagi ichki yo‘llar holati, tungi yoritish tizimi, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar sifati, issiqlik ta’minoti, boshqaruv kompaniyalari ish samaradorligi, issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

Bildirilgan mavjud muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va deputatlik nazoratini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5