Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi va mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga ijobiy javob taqdim etildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qaror ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov, Navoiy shahar Yoshlar parlamenti guruhi a’zolari hamda oliy ta’lim muassasasining bitiruvchi talabalari ishtirokida ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida talaba va bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularga davlat tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifati, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida, ayniqsa bitiruvchi talabalar uchun nazarda tutilgan moliyaviy imtiyozlar, imtiyozli kreditlar ajratish tartibi, biznes g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish imkoniyatlari hamda yosh tadbirkorlarning ilk biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilib, o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning fikr-mulohazalarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni muhokama qilish hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun muhim tavsiya va yo‘nalishlar berilgan samarali muloqot maydoniga aylandi.

Slide 1 of 5