Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
#haftalik_ishlar_muhokamasi_6_10
#haftalik_ishlar_muhokamasi_6_10

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari ishtirokida navbatdagi haftalik ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda joriy haftaga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, Kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda belgilangan topshiriqlarning ijro holati atroflicha tahlil qilindi.

Muhokamalar davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli muvofiqlashtirish, sessiyalarga tayyorgarlik ko‘rish hamda Kengash faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, har bir vazifa ijrosining sifati va muddatlariga oid mas'uliyat yana bir bor muhokama qilinib, ijro intizomini mustahkamlash, ish jarayonlarini samarali tashkil etish hamda aholi murojaatlariga tezkor va qonuniy munosabat bildirish yuzasidan mas'ul xodimlarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

Kengash kotibiyati tomonidan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash yuzasidan tizimli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash