Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Deputat tomonidan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Deputat tomonidan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan tavsiyalar ijrosi doirasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "22-Vatan" okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich Vatanparvar mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Shipilova Rushanning murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi.

💼 O‘rganish jarayonida deputat bilan birgalikda mahalladagi hokim yordamchisi Akbar Utamurodov hamda mahallaning ijtimoiy xodimi ishtirok etdi. Tashrif davomida fuqaroning Vatanparvar mahallasi 24-mavze, 27/18-xonadondagi yashash sharoiti o‘rganilib, mavjud ijtimoiy muammolar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

📇 Deputat tomonidan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalarida belgilangan vazifalar doirasida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash masalalari ham atroflicha o‘rganildi. Murojaatchining fikr va takliflari tinglanib, masalani amaldagi qonunchilik asosida hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

🗂 Xususan, ushbu murojaatni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan "Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF–185-son "Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni talablari asosida ko‘rib chiqish va yechim topish yuzasidan tegishli tashkilotlar, jumladan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta'kidlandi.

🕯 Yakunda murojaat nazoratga olinib, amaldagi qonunchilik talablari asosida ijobiy yechim topish bo‘yicha mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishiga kelishib olindi.

Slide 1 of 5