Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
“Ibratli xonadon” — jamiyat tayanchi: Sardobada namunali oilalar taqdirlandi

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputati N.Xamidova ham qatnashdi mazkur tadbir davomida jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda mahalla tinchligi va totuvligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 9 ta oilaga “Ibratli xonadon” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda oilaning jamiyatdagi o‘rni, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sodiq ruhda tarbiyalashdagi ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi. Ta’kidlanganidek, tinch va farovon jamiyatning poydevori avvalo mustahkam oiladan boshlanadi. Shuningdek, “Ibratli xonadon” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan oilalarning ko‘p yillik mehnati, mahalla hayotidagi faolligi, namunali turmush tarzi hamda yoshlar tarbiyasidagi xizmatlari e’tirof etildi.

Slide 1 of 6