Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida sertifikatlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Milliy metrologiya institutining Qo‘qon filialida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallada kuzatuv kameralari o‘rnatish holati o‘rganildi
OTCHOPAR-1 MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Uchrashuv deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, mahalladagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik, yoshlar, xotin-qizlar, profilaktika hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi.

Tadbir davomida mahalla hududidagi mavjud muammolarni joyida aniqlash, fuqarolar murojaatlarini qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash hamda mahalla osoyishtaligini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda mahallalarda “mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi, deputat va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, aholi muammolarini manzilli hal etish hamda ko‘tarilgan masalalar ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

✅ Otchopar-1 mahallasida aholi bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2