Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
#Deputat faoilayati

💼 Nurafshonda #aholi_bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Xalq qabulxonasining taklifiga binoan, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati K.Umarboyev tomonidan hududda aholi bandligi masalalari va yangi ish o‘rinlari yaratilishi holati o‘rganildi.

Monitoring jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

🔹Mahallalardagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da turgan shaxslarning bandligini ta’minlash choralari;

🔹Korxona va tashkilotlardagi mavjud vakansiyalarning haqqoniyligi va ularga fuqarolarni yo‘naltirish tizimi;

🔹Fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun berilayotgan imtiyozli kreditlar va asbob-uskunalar (subsidiya) ajratilishi samaradorligi.

O‘rganish davomida xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, bandlik masalasida qiynalayotgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va aholi daromadlarini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4