Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Mirobodlik deputat ayollar “Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi”da faol ishtirok etmoqdalar!
Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Sport bilan baxtli hayot sari!” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi”ning respublika bosqichiga tantanali start berildi. Mazkur nufuzli sport tadbirida Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zolari, deputatlar — G.Kulmatova, M.Ruziyeva hamda B.Boltayevar faol ishtirok etmoqdalar.

🗣️ Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan olimpiadaning ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova hamda Sport vaziri Adham Ikramov qatnashdilar.

🗣️ Tadbir doirasida deputatlarimiz boshqa ishtirokchilar bilan birgalikda ommaviy badantarbiya mashqlarida va xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etuvchi “Besh ming qadam” yurish marafonida faollik ko‘rsatdilar.

Jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk hamda irodali ayol — sog‘lom oila, barkamol farzand va mustahkam jamiyat tayanchidir!

📌 Mirobod tumani deputatlarini sport bayramidagi faol ishtiroklarini davvom ettirmoqdalar!
Slide 1 of 4