Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
15-umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
FARMON IJROSI O‘RGANILDI

 FARMON IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Akramov hamda tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov birgalikda Qashqar mahalla fuqarolar
yig‘inida bo‘lib, mahalla raisi va “mahalla yettiligi” tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan
amalga oshirilayotgan ishlarini o‘rgandi.


O‘rganish davomida mahallada aholi muammolarini aniqlash va ularni tizimli hal
etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni
ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hududda amalga oshirilayotgan
islohotlarning samaradorligi tahlil qilindi.


Shuningdek, mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish va Farmon ijrosini sifatli ta’minlash bo‘yicha
mahalla mas’ullariga tegishli tavsiya hamda takliflar berildi, aniqlangan
kamchiliklar hamda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar “Deputatning ko‘cha
aylanish daftari”ga kiritildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar
yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 3