Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K. Abdullayeva tomonidan Bunyodkor MFY hududida fuqarolar bilan uyma-uy yurib uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muloqotlar davomida aholini qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar hamda taklif va tashabbuslar tinglanib, har bir murojaat yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish va amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar deputat va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, hududdagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni samarali hal etishga xizmat qilmoqda.