Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
15-umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
Aziz va qadrli yoshlar!

Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi, Vatanimiz taraqqiyoti va kelajagining bunyodkorlaridir. Mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z iste’dod va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani yurtimizda yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tiborning yorqin ifodasidir.

Sizlarning intilishlaringiz, shijoatingiz, tashabbuskorligingiz va Vatanga bo‘lgan sadoqatingiz yurtimiz ravnaqi hamda xalqimiz farovonligi yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Kelgusida ham ilm-fan, tadbirkorlik, sport, madaniyat va barcha sohalarda ulkan marralarni zabt etib, yurtimiz sha’nini yuksaklarga ko‘tarishingizga ishonamiz.

Muhtaram yoshlar!

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, cheksiz kuch-g‘ayrat, ezgu maqsadlaringiz yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz.

Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!