Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
15-umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida deputatlar ko‘prikning texnik holati, harakat xavfsizligi, transport oqimining tashkil etilishi
hamda piyodalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, ushbu muhim infratuzilma ob’ektining hudud aholisi hayotidagi ahamiyati yuzasidan mutasaddi tashkilotlar va fuqarolar bilan suhbatlashdilar.
Ta’kidlanganidek, mazkur ko‘prik ishga tushirilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramasdan, bugungi kunda u ikki tuman o‘rtasidagi transport qatnovini ancha yengillashtirib, aholiga katta qulaylik yaratmoqda. Ilgari aylanma yo‘llar orqali harakatlanishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, endilikda fuqarolar va haydovchilar
o‘z manzillariga qisqa vaqt ichida, xavfsiz va qulay tarzda yetib borish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
 

Slide 1 of 4