Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
15-umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun – iqtisodiy barqarorlik kafolati

To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun – iqtisodiy barqarorlik kafolati

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi bosh mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan Uchqizil MFYda qonunlar targ‘iboti doirasida O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ–763-son Qonuni bilan qabul qilingan bo‘lib, iqtisodiy faoliyat subyektlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, kreditorlar va qarzdorlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Tadbir davomida qonunning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan huquqiy imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Tadbir yakunida K. Abdullayeva bu kabi huquqiy targ‘ibot tadbirlarini aholi o‘rtasida so‘rovnomalar asosida tashkil etish, fuqarolarning ehtiyoj va takliflarini o‘rganish orqali huquqiy savodxonlikni yanada oshirish lozimligini alohida ta’kidladi.

✅ Huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirish – qonun ustuvorligini ta’minlash hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3