Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyoti va qonun ustuvorligining muhim omili.

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi ish rejaga muvofiq Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida bo‘lib, xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmat faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, xizmat intizomini mustahkamlash hamda xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablari, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlarni izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7