Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekologiya sohasidagi hisobot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
5-maktabda yozgi ta’til davridagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Allomalar muzeyida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Muzeylar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ekspertlar va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida maktabdagi ishlar o‘rganildi
янв.21
26-maktabda yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida ta’lim va tarbiya ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida to‘garaklar faoliyati o‘rganildi
Ekspertlar va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi huzuridagi Ekspertlar va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qo‘qon shahridagi “Nuroniylar maskani” xududida tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi sessiyalari va doimiy komissiyalari faoliyati, Kengash tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyati hamda ularning amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Ishtirokchilar tomonidan shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, yoshlar masalalariga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda Kengash faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bildirilgan fikr-mulohazalar va tavsiyalar kelgusida Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Yig‘ilish ochiq muloqot va konstruktiv fikrlar almashinuvi ruhida o‘tdi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4