Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Tuman Kengashi deputati murojaatlarni o‘rganmoqda va murojaatlar daftarini yuritmoqdaTuman Kengashi deputati murojaatlarni o‘rganmoqda va murojaatlar daftarini yuritmoqda

Tuman Kengashi deputati murojaatlarni o‘rganmoqda va murojaatlar daftarini yuritmoqda

✍ Xalq deputatlari tuman Kengashiga “Inkabod” saylov okrugidan saylangan deputat Q.Alimov  tomonidan saylov okrugidagi aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida fuqarolar murojaatlari qabul qilinmoqda. Qabullar davomida aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning mazmun-mohiyati tahlil qilinmoqda hamda yechim talab etuvchi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar kiritilmoqda.

✍ Shu bilan birga, har bir murojaatni tizimli nazorat qilish maqsadida deputat tomonidan maxsus murojaatlar daftari yuritilmoqda. Unda murojaat qiluvchining ma’lumotlari, ko‘tarilgan masala, uni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan choralar va ijro holati qayd etib borilmoqda. Bu esa murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Mahalliy Kengash deputatlari saylovchilardan tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishi, ularning hisobini yuritishi va ijrosini nazorat qilishi qonunchilikda belgilangan vazifalardan hisoblanadi.

✍ Fuqarolar murojaatlari aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois deputat tomonidan murojaatlar bilan ishlash va ularning ijrosini nazorat qilish ishlari muntazam davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3