Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
15-umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
Deputat tomonidan sayyor qabul o'tkazildi

Deputat sayyor qabul o‘tkazdi: Chag‘izmon mahallasida aholi murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nilufar Ja’farova tomonidan Urgut tumani “Chag‘izmon” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisining murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

✅Qabul jarayonida asosan oilaviy va ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, fuqaro A. Haqnazarova turmush o‘rtog‘i J. Haqnazarov bilan birga ishsiz ekanini, bu esa oilaning moddiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini bildirib, ishga joylashishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

✅Deputat Nilufar Ja’farova ushbu murojaatni mahalla raisi bilan birgalikda ko‘rib chiqib, zarur hujjatlar taqdim etilgach, fuqarolarni munosib ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

✅Sayyor qabul ochiq muloqot va samarali fikr almashinuvi ruhida o‘tib, aholi muammolarini joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 2