Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekologiya sohasidagi hisobot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
5-maktabda yozgi ta’til davridagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Allomalar muzeyida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Muzeylar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ekspertlar va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida maktabdagi ishlar o‘rganildi
янв.21
26-maktabda yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida ta’lim va tarbiya ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida to‘garaklar faoliyati o‘rganildi
"Do'stlik" mahallasida mahalla faoliyati va yoshlar bandligi masalalari o'rganildi

"Do'stlik" mahallasida mahalla faoliyati va yoshlar bandligi masalalari o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov biriktirilgan deputat Ch.Alimov hududidagi “Doʻstlik” mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi hamda mas’ul xodimlar bilan uchrashdi.

Tashrif davomida mahallada mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Yakunda mahallada aniqlangan ayrim masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Mamarajabov

Slide 1 of 3