Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Ikkinchi masala: Tumanda sanitariya-epidemiologik holat hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Angor tumaniSanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bosh vrachi M.Irdanaqulovning hisoboti tinglandi.

Ikkinchi masala: Tumanda sanitariya-epidemiologik holat hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Angor tumaniSanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bosh vrachi M.Irdanaqulovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilishicha, tumanda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda hududlarning ekologik holatini yaxshilash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2017-yildan buyon aholi va yuridik shaxslarning maishiy chiqindilarini o‘z vaqtida olib chiqib ketish vazifasi “Bio Texno Eko” MChJ Angor tuman filiali zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida belgilangan grafiklar asosida chiqindilarni muntazam tashish yo‘lga qo‘yildi hamda ko‘plab noqonuniy chiqindi to‘planish joylari bartaraf etildi.

Shuningdek, tumanning Kattaqum mahallasi hududida maishiy chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy korxona faoliyat yuritayotgani natijasida chiqindilarning bir qismi qayta ishlash jarayoniga yo‘naltirilmoqda. Bugungi kunda tumandagi 36 ta mahallaning 27 tasida aholi bilan, shuningdek, 138 ta yuridik shaxs va 26 ta byudjet tashkiloti bilan shartnomalar tuzilib, maishiy chiqindilar oyiga 2–3 marotaba maxsus transport vositalari orqali olib chiqib ketilmoqda.

Bundan tashqari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha yangicha “mahallabay” ishlash tizimi joriy etilgan. Mazkur tizim doirasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruh shakllantirilib, tasdiqlangan grafiklar asosida mahallalarda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Shu kunga qadar 21 ta mahalladagi 4620 ta xonadonda yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish, virusli gepatit kasalligiga qarshi emlashning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan keng ko‘lamli tushuntirish va targ‘ibot ishlari o‘tkazilgan.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan savollar berilib, tumanda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni yanada mustahkamlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish qamrovini kengaytirish hamda aholi o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish