Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekologiya sohasidagi hisobot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
5-maktabda yozgi ta’til davridagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Allomalar muzeyida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Muzeylar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ekspertlar va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida maktabdagi ishlar o‘rganildi
янв.21
26-maktabda yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida ta’lim va tarbiya ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida to‘garaklar faoliyati o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Dilorom Qodirova oʻz saylov okrugi hududida joylashgan "Guliston" mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔍 Tashrif davomida deputat mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. Xususan, “Obod mahalla” tamoyili asosida hududni obodonlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar bandligini taʼminlash hamda xotin-qizlar faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✍️ Mahalla yettiligi aʼzolari tomonidan hududda mavjud muammolar, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan maʼlumot berildi. Deputat tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrish belgilab olindi.

✔️Uchrashuv yakunida deputat tomonidan mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidladi.

Slide 1 of 2