Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
15-umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
🏛 Qonun ijrosi o‘rganildi

🏛 Qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati M. Artikova hamda tuman Adliya bo‘limi xodimi Farruxbek Rajabov hamkorligida Xosiyon mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi 5-bo‘limiga kiritilgan, huquqiy yordamga muhtoj va ehtiyojmand xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash, oilaviy munosabatlar, nikohdan ajralish, aliment undirish, mehnat va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha amaldagi qonunchilik normalari keng tushuntirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga huquqiy muammolarni qonuniy hal etish mexanizmlari yuzasidan batafsil maslahatlar berilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Instagram | Face book | You Tube

Slide 1 of 1