Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Nafosat” bolalar oromgohida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida bolalar oromgohida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Turkiston ko‘chasida 24/7 xizmat ko‘rsatish loyihasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va tibbiy xizmatlar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yozgi ta’til davrida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
TOSHKENT VILOYATI KENGASHI KOTIBIYATI TOMONIDAN PARKENT TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi doimiy komissiyalari hujjatlarining yuritilishi, xususan, doimiy komissiya qarorlarini Nizomda tavsiya etilgan namunaga muvofiq rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, tuman Kengashi deputatlarining o‘zlari saylangan saylov okruglarida olib borayotgan faoliyati, sessiyalar oldidan aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish, hududlardagi muammolarni aniqlash hamda saylovchilarga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berish holati ham tahlil qilindi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha Kengash kotibiyati xodimlari bilan amaliy muloqot o‘tkazilib, ish faoliyatini yanada takomillashtirish, hujjatlar yuritish sifatini oshirish hamda deputatlik faoliyatini namunali tashkil etishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.  

Slide 1 of 11