Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Nafosat” bolalar oromgohida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida bolalar oromgohida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Turkiston ko‘chasida 24/7 xizmat ko‘rsatish loyihasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va tibbiy xizmatlar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yozgi ta’til davrida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
DEPUTATLAR NAZORATI: “PARKENTSOY”DA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR JOYIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi hamda Parkent tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi muhim infratuzilma obyektlarida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.Mazkur nazorat tadbirida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich, deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ishtirok etdi.Nazorat davomida Parkent tumani hududidan oqib o‘tuvchi «Parkentsoy»ning tuman markazidan «Changi» qishlog‘igacha bo‘lgan 5 kilometrlik qismida qirg‘oqlar va o‘zanlarni mustahkamlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.Shuningdek, deputat Xusnitdin Muxitdinov o‘ziga biriktirilgan tashkilot Parkent tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi mutasaddilari bilan hamkorlikda suv resurslaridan oqilona foydalanish, aholi xonadonlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlash holati hamda olib borilayotgan qurilish-mustahkamlash ishlarini kompleks tahlil qildi.O‘rganish jarayonida mas’ul loyihachi va buyurtmachi tashkilot vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, qurilish ishlarining sifati,belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda texnik talab va me’yorlarga rioya etilishi yuzasidan fikr almashildi. Bajarilayotgan ishlar bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.Deputatlar tomonidan qurilish-montaj ishlarini amaldagi me’yor va standartlarga to‘liq rioya qilgan holda, sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash zarurligi alohida ta’kidlandi.Bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalarining samaradorligini oshirish, ajratilgan mablag‘larning shaffof hamda maqsadli sarflanishini ta’minlash, eng muhimi, aholi manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 7