Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekologiya sohasidagi hisobot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
5-maktabda yozgi ta’til davridagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Allomalar muzeyida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Muzeylar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ekspertlar va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida maktabdagi ishlar o‘rganildi
янв.21
26-maktabda yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida ta’lim va tarbiya ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida to‘garaklar faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq Alisher Navoiy mahallasi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

#24_ta_masala

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq Alisher Navoiy mahallasi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

O‘rganish davomida mahallada doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan 37 nafar ishsiz fuqaroning 26 nafari ish bilan ta’minlangani ma’lum bo‘ldi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 9 nafar fuqaroga jami 95 million so‘m kredit ajratilgan, 2 nafar fuqaro uchun subsidiya olish bo‘yicha takliflar kiritilgan. Shuningdek, bir nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyat boshlagan.

Mahallada kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida shakllantirilgan 10 ta mikroloyihadan 4 tasi amalga oshirilgan. Kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan 73 ta individual dasturdan 54 tasi bo‘yicha daromadlarni oshirish choralari belgilangan.

O‘rganish yakunida mavjud vazifalar ijrosini jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2