Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekologiya sohasidagi hisobot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
5-maktabda yozgi ta’til davridagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Allomalar muzeyida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Muzeylar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ekspertlar va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida maktabdagi ishlar o‘rganildi
янв.21
26-maktabda yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida ta’lim va tarbiya ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida to‘garaklar faoliyati o‘rganildi
“Mehrobod” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati PQ-267-sonli qaror asosida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengash deputati B.Xollozov saylov okrugiga qarashli “Mehrobod” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

💬 Ushbu o‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-sonli qarori ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

💬 Tahlil davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🟢Manzillilik va adolatlilik: Mahalladagi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ro‘yxatining yuritilishi hamda ularga ko‘rsatilayotgan yordamning haqqoniyligi;

🟢"Inson" markazi bilan integratsiya: Ijtimoiy xodimning "Inson" ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi bilan aloqalari hamda ijtimoiy nafaqalar va xizmatlarni rasmiylashtirishdagi tezkorligi;

🟢Muammolarga individual yondashuv: Har bir muhtoj oilaning sharoitidan kelib chiqib, ularni og‘ir ijtimoiy vaziyatdan olib chiqish bo‘yicha ishlab chiqilgan individual rejalarning ijrosi.

💬 O‘rganish yakunida Kotibiyat mas’ullari tomonidan ijtimoiy xodimning faoliyatini yanada jonlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, muhtoj fuqarolarga nisbatan insonparvarlik va mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan metodik tavsiyalar hamda tegishli ko‘rsatmalar berildi.