Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Obod mahalla - aholi farovonligining muhim omili
янв.21
Xonadonbay o‘rganishlar — aholi muammolarini manzilli hal etish yo‘lida
янв.21
Urganjibog mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi!
янв.21
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida
янв.21
Rejalashtirilgan ishlar — nazorat va muvofiqlashtirish asosida
янв.21
Obod hudud va qulay yashash muhiti — deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashida deputatlar faoliyatini jonlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xotin-qizlar manfaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Deputat ko‘magi: ehtiyojmand oilaning bandligi ta’minlandi, farzandi sog‘lomlashtirildi
янв.21
Mahalla bilan muloqot — muammolar yechimining muhim omili
Ko‘p qavatli uylar va kommunal holat nazoratda: “24 ta muhim yo‘nalish” ijrosi amalda

Shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda kotibiyat mudiri A.Ashurov “Abdulla Avloniy” mahallasidagi ko‘p qavatli uy-joylarning bugungi holati bilan tanishdilar.

💬 O‘rganishlar markazida quyidagi masalalar o‘rin oldi:

▶️Yer to‘lalar (podval): Sanitariya holati, muhandislik tarmoqlari (suv, oqova) butunligi;
▶️Elektr shitlar: Yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishi va texnik holati;
▶️Piyodalar yo‘lagi: Aholi harakati uchun qulaylik va yo‘laklarning sozligi;
▶️Bolalar maydonchasi: Bolajonlarning xavfsiz hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar.

✔️ Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun maxsus ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosi doirasida tashkil etildi. Ushbu dastur har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natijaga erishishni ko‘zda tutadi.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan hududga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) hamda mutasaddi tashkilotlarga qat’iy topshiriqlar berildi. Elektr shitlarini tartibga keltirish va yer to‘lalarni tozalash bo‘yicha muddatlar belgilandi.

Slide 1 of 5