Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda kotibiyat mudiri A.Ashurov “Abdulla Avloniy” mahallasida bo‘lib, uy-joyi ta’mirlanayotgan xonadonlardagi ishlar jarayoni bilan tanishdilar. Jarayon davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga borilib, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilindi.
✔️ Mazkur tashrif xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
🔅O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
▶️Qurilish va ta’mirlash ishlarining sifat darajasi;
▶️Ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
▶️Ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi;
▶️Xonadon egalarining fikr va mulohazalari.
💬Aholining ko‘makka muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga joyida yechim topish va davlatimiz tomonidan berilgan imtiyozlarning har bir xonadonga adolatli va manzilli yetib borishini ta’minlashdir.