Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Z.Madaminova tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
“Avg'onbog'” MFY aholisi tomonidan xududdagi ichki ko‘chalari ya’ni Tokzor, Avgonbog', O'rikzor, Tadbirkor, Bobobek, Ziyokor 1-2-3-3-tor ko'chalaridagi simyog'ochlar uzoq yillardan buyon foydalanishda bo'lganligi eskirib ketganligi ushbu holat esa aholiga kuz-qish mavsumlarida elektr energiyasi yetkazib berilishida jiddiy noqulayliklar to'g'dirayotganligi va mazkur holat aholining xaqli e’tirozlariga sabab bo‘layotganligi yuzasidan murojaat qilindi.
Ushbu murojaat bo'yicha Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati Z.Madaminova tomonidan "deputatlik so‘rovi" jo‘natildi.
Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.