💬Mazkur obyekt 2025-yilning ikkinchi mavsumida fuqarolar tashabbusi — “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib deb topilgan.
🔅Loyiha doirasida universitet hududida:
✔️ Zamonaviy mini-futbol maydoni;
✔️ Voleybol maydonchasi;
✔️ Basketbol maydonchasi qurib bitkazildi.
💬O‘rganish davomida yangi qurilgan sport maydonchalarining sifati, o‘rnatilgan jihozlarning holati va talabalar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Mazkur maydonchalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun xizmat qiladi.
🫥“Xalqparvar” komissiyasi tomonidan loyihaning sifatli bajarilishi tahlil qilinib, sport ob’ektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.