Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 12-"Buloqboshi" saylov okrugi deputati X.Nazarova tomonidan “At-Termiziy” mahallasida "Mahalla yettiligi" vakillari va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Qo'qon shahar Kengashi kotibiyat mutaxassisi X.Abdullayev, O'zbekiston Ekologik partiyasi shahar kengashi raisi A.Akbarov hamda "mahalla yettiligi" a’zolari ishtirok etdilar.
O‘tkazilgan uchrashuvda ushbu mahalladagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi "Muhtasham" BSK xizmat ko‘rsatish sifati pastiligi yuzasidan e’tirozlar bildirildi. Mazkur masala yuzasidan shahr hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishildi.
Shunindek, "Maxalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqildi. Hududni yanada rivojlantirish, aholiga munosib sharoit yaratish va ijtimoiy soha samaradorligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalarni xamkorlikda amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.