Mazkur o‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Bunda asosiy e’tibor mahalla mas’ullarining o‘z vazifalariga yondashuvi va aholi bilan ishlash tizimiga qaratildi.
💬Tahlil jarayonida quyidagilar ko‘rib chiqildi:
✔️Mahalla xodimlarining ish unumdorligi va ijro intizomi;
✔️Aholi murojaatlarini hal etishdagi tizimlilik va natijadorlik;
✔️"Mahallabay" ishlash tizimi asosida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish darajasi.
🫥O‘rganish yakunida mahalla xodimlariga ish samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan yaqin muloqotni mustahkamlash hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.