Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi: Aholi murojaatlari e'tibor markazida!
янв.21
MUAMMODAN YECHIMGACHA: DEPUTAT TASHABBUSI BILAN "SARBOTIR" KO‘CHASI RAVON BO‘LDI
янв.21
DEPUTATLAR VA XALQ MULOQOTI: QO‘QONNING YANGI RIVOJLANISH STRATEGIYASI AMALDA
янв.21
Mahallalar obodligi va ekologik barqarorlik — deputat nazoratida!
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
“Miyon Hazrat” obidasi - e’tibor markazida!
янв.21
Shahar kengashi sessiyasi oldidan huquqiy maslahatlashuv!
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Z.Madaminova tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Z.Madaminova tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
Deputat nazorati: Pilla – barqaror daromad va bandlik garovi

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati K.Mamanova Suvonobod mahallasida bo‘lib, hududda pillachilikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida xonadonlarda ipak qurti parvarishi, yaratilgan shart-sharoitlar va pilla yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni mavsumiy ish bilan ta’minlash masalalari deputat e’tibor markazida bo‘ldi.

O‘rganishlar jarayonida mas’ullarga sohani yanada rivojlantirish, ish samaradorligini oshirish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Asosiy maqsad — pillachilikni qo‘llab-quvvatlash orqali xonadonlarda barqaror daromadni ta’minlash, bandlikni oshirish va aholining turmush darajasini yuksaltirishdir.

Slide 1 of 4