Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan “Noib ko‘prigi” mahallasida uchrashuv va o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning ijrosini shaharda ijrosi masalasida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat X.Nazarova tomonidan “At-Termiziy” mahallasida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi
янв.21
12-"Buloqboshi" saylov okrugi deputati X.Nazarova tomonidan “At-Termiziy” mahallasida "Mahalla yettiligi" vakillari va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
янв.21
O‘zMTDP deputatlari tomonidan olib borilgan ishlar, deputatlik surovlari yuborilishi tahlil qilindi
янв.21
Deputat R.Talipdjanov “Toshkentlik go‘zari” mahallasida bir gurux fuqarolarning umumiy murojaatlari asosida ular bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati F.Kaxxarova tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
янв.21
“Misgarlik” MFYda maxalla xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
18-“Navruz” saylov okrugi deputati tomonidan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
“Kuch — adolatdadir”: bolajonlar Sohibqiron xotirasini yod etdi

 Tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova ishtirok etib, ushbu sana va tadbirning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ta’kidlanganidek, Sohibqiron Amir Temurning “Kuch — adolatdadir!” degan buyuk g‘oyasi nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki bugungi kunda ham yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.

 Tadbir davomida bolajonlar o‘z iqtidorlarini namoyon etib, Amir Temur siymosini sahna ko‘rinishlari orqali jonlantirdilar. Ularning chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

 Shuningdek, jajji avlod vakillari tomonidan Sohibqironning o‘gitlari, mardlik, jasorat va vatanparvarlik ruhidagi she’rlar ifodali tarzda yod olindi. Bu esa bolalarning tariximizga bo‘lgan qiziqishi va hurmatini yana-da oshirdi.

 Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar tadbirga alohida fayz bag‘ishlab, barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

🇺🇿 Tadbir yakunida Baxtigul Asrorova bolajonlarga murojaat qilib, ularning kelajakda ajdodlar merosiga sodiq, adolatparvar, bilimli va vatanparvar insonlar bo‘lib yetishishlarini tiladi.

 Ta’kidlash joizki, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bolajonlar qalbida milliy g‘urur, tariximizga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajak avlodni buyuk ajdodlarimizga munosib voris etib tarbiyalashda bunday tashabbuslar alohida o‘rin tutadi.

Slide 1 of 1