Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat N.Shomatov 11-"O'rmonbog'" saylov okrugi "Davronbek" MFYda qabul o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari shahar kengashi “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Degrizlik” mahallasida "mahalla yettiligi" a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Qo'qon shaxar Kengashi deputati I.Fayzullayev 19-"Saodat" saylov okrugiga qarashli "Saodat" MFYda bo'lib, "mahalla yettiligi" a’zolari bilan uchrashdi
янв.21
Kengashi raisi O‘.Tojiiyeva davlat dasturlariga kiritilgan loyixalar bilan tanishdi
янв.21
doimiy komissiyasining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘qon shahar deputati Z.Madaminova tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi
янв.21
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
янв.21
Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g‘risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati Yu.Tuychiyev tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi
BEPUL DORI VOSITALARI RO‘YXATI VA NAZORATI TIZIMI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari K.Xoldorova, D.Jo‘rayeva hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshloq tumani Kengashi raisi O.Nazirxo‘jayevlar Xotinqumi mahalla fuqarolar yig‘inidagi 53-sonli oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga qaratilgan qarorlari, xususan, birlamchi tibbiy xizmatni rivojlantirish va aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yaxshilashga oid qarorlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish, patronaj xizmatining samaradorligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bepul berilishi belgilangan dori vositalarining ro‘yxat asosida aholiga yetkazilishi, ularning hisobini yuritish va nazorat qilish tizimi ham o‘rganildi. Tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda aholining ehtiyojmand qatlamlarini to‘liq qamrab olish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5