Yangiliklar

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati Yu.Tuychiyev tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi

Qo‘qon shahar “Chorchinor” MFY Chorchinor ko'chasida 71-uy oldidagi piyodalar yo‘lakchasi 80-100 metr qismi 2-3 yil oldin shag'al tukilganicha beton qoplama qilish ishlari chala qoldirib ketilganligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqda muxokama qilinishiga sabab bo‘lmoqda. Maktab o'quvchilari, piyoda qatnovchi fuqarolar tratuar nosozligidan mashinalar serqatnov katta yo'lga chiqib xarakatlanayotganligi sababli trasnsportlar va fuqarolarga noqulayliklar to‘g‘dirayotganligi yuzasidan murojaat qilindi.

🔹Ushbu murojaat bo'yicha Qo'qon shahar xokimi o'rinbosariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati Yu.Tuychiyev tomonidan "deputatlik so‘rovi" jo‘natildi.