Yangiliklar

Xalq deputatlari Oltinko'l tuman Kengashining 2026-yil 6-11 aprel kunlariga mo‘ljallangan ish-reja grafikasi bilan tanishing:

📌 Xalq deputatlari Oltinko'l tuman Kengashining 2026-yil 6-11 aprel kunlariga mo‘ljallangan ish-reja grafikasi bilan tanishing:

🔹 1. Saylov okrugi hududidagi MFYlarda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish rejalashtirilgan.

🏡 Hududdagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib boriladi.

🔹 2. Doimiy komissiya yig‘ilishini o‘tkazish belgilangan.

📋 Unda1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-47-sonli qarori ijrosini ta’minlash va suv bilan barqaror ta’minlangan hamda ta’minlanmagan hududda joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari ro‘yxatini tasdiqlash haqida

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmonining 11-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oltinko‘l tuman Ekologiya, atrof muxitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan tumanning ekologik “master-reja”sini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.

3. Oltinko‘l tumanida 2026-yil vegetatsiya davrida ekinlarni sug‘orish uchun iste’molchilar kesimida suv limitini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilinadi.

🔹 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan ishlarni o‘rganish rejalashtirilgan.

🚧 Amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqib o‘rganiladi.

🔹 4. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida deputat U.Xolmatov bilan birgalikda 16-Saroy saylov okrugi hududidagi Obod MFYda manzilli dasturlar asosida olib borilayotgan ishlar o‘rganiladi.

💼 Aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechiriladi.

✅ Ushbu ish-reja asosida belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilib, hududlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2