35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #162_ta_qonun Deputat faoliyati: Deputat okrugida o‘rganish islar olib borildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#162_ta_qonun
Deputat faoliyati: Deputat okrugida o‘rganish islar olib borildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining haftalik ish rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida, "21-Dehqonobod" saylov okrugidan saylangan deputat S.Saidov hududidagi “Galabutta” mahallasida Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Nasritdinov tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodimning nogironligi bo‘lgan hamda og‘ir kasallikka chalingan shaxslarga yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi.

Tashrif davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim tavsiyasi asosida “Mahalla yettiligi — Kengash — Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi tahlil qilindi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan nogironligi bo‘lgan, og‘ir kasallikka chalingan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarga berilayotgan yordamlar holati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim bilan maxsus savolnomalar asosida suhbat o‘tkazilib, uning kundalik faoliyati, fuqarolar bilan ishlash tartibi, ijtimoiy xizmatga ehtiyoji bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va tegishli xizmatlarga yo‘naltirish borasidagi ishlari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son Qonuni hamda “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-son Qonuni asosida tuzilgan savolnomalardan foydalanildi.

Xususan, ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ehtiyojlarini baholash, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan individual ishlash, mavjud ijtimoiy xizmatlar haqida ma’lumot berish, zarur hollarda fuqarolarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish holatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1