35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholi turmush sharoiti yaxshilanmoqda: fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Aholi turmush sharoiti yaxshilanmoqda: fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “14-Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat S.Avazov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan “Shohjahon” mahallasida aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 5-bandida belgilangan vazifalar, jumladan, aholining turmush sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning daromad manbalarini kengaytirish masalalari o‘rganildi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish, Tokguzar qishlog‘idagi Cho‘lobod ko‘chasi va boshqa ichki ko‘chalarni ta’mirlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Ko‘tarilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi. Har bir murojaatni o‘rganish, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Deputat ta’kidlaganidek, aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Bunday uchrashuvlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida aniqlash, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda hududda aholining turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 3