Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JILLARINDA QANLIKÓL RAYONINDA QOŃSÍ MÁMLEKETLER MENEN SAWDA-EKONOMIKALÍQ BIRGE ISLESIWDİŃ RAWAJLANÍWÍ
янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan deputatlik nazorati doirasida
Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.O‘rganish davomida nogironligi mavjud shaxslarga qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlarning amalda qo‘llanilishi,ularning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, davlat
tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi va samaradorligiga e’tibor qaratildi.Shuningdek, markazning murojaatlar bilan ishlash bo‘limi xodimi bilan suhbat o‘tkazilib, nogironligi mavjud fuqarolarning
murojaatlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish tartibi yuzasidan ma’lumotlar olindi. Suhbat davomida 2026-yilning uchinchi choragida 121 nafar fuqaroga sanatoriyaga yo‘llanma berilgani ma’lum qilindi.O‘rganish jarayonida deputat tomonidan nogironligi mavjud shaxslarga berilgan imtiyozlar va “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan quyidagi savollar berildi:2026-yil davomida nogironligi mavjud shaxslardan markazga nechta murojaat kelib tushgan, ularning asosiy mazmuni nimalardan iborat va murojaatlarning qanchasi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan?Nogironligi mavjud shaxslarning davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlardan foydalanish huquqlarini tushuntirish hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlari qanday tashkil etilgan?Nogironligi mavjud shaxslarning sanatoriyagayo‘llanma, reabilitatsiya vositalari va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishida qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlarning to‘liq ta’minlanishi qanday nazorat qilinmoqda?Berilgan savollar yuzasidan mas’ul xodim tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, markaz tomonidan nogironligi mavjud shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga belgilangan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish hamda ijtimoiy xizmatlarni manzilli ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.O‘rganish yakunida nogironligi mavjud shaxslarning davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlardan to‘laqonli foydalanishini ta’minlash, shuningdek, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 4