Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Deputatlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi yanada takomillashtirildi

✔️Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, hududlarda mavjud muammolarni tezkor aniqlash hamda ularning samarali yechimlarini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputatlariga kotibiyat xodimlari biriktirildi.

Mazkur tartib deputatlarning saylov okruglari hududidagi mahallalarda fuqarolar bilan muntazam uchrashuvlar va sayyor qabullar o‘tkazishini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tizim orqali joylarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni chuqur o‘rganish, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rish imkoniyati kengayadi.

✔️Kotibiyat xodimlarining deputatlarga biriktirilishi aholi bilan muloqot jarayonini tizimli yo‘lga qo‘yish, kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilish hamda ularning ijrosini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, deputatlarning hududlardagi faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar, o‘rganishlar natijalari hamda fuqarolar murojaatlari asosida hal etilayotgan masalalar ijtimoiy tarmoqlar, televideniye, radio va bosma ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib boriladi.

✔️Mazkur yondashuv deputatlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda eng muhimi, aholi muammolarini o‘z vaqtida va samarali hal etishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatib boring:👇

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi